Пятница, 17.05.2024, 08:14

B.B.K Bank Kolejining talabalari: Marxamat Saytimizda yangiliklar va xar-xil ko'ngil ochar saxifalar ko'p
Saytimiz siz uxhun muntazir

Biz Bilan aslo Zerikmaysiz
Siz kirdiz Гость | Gurux "Гости"Xush kelibsizГость | RSS
Sayt Menyusi
Baxolash
Оцените мой сайт
Всего ответов: 11
Hisoblagich

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Pokiston harbiy havo kuchlari qiruvchilarining aviazarbasi natijasida malakat hududiy birligi — Xayber agentligida 21 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Islom respublikasi armiyasining matbuot xizmatiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tira vodiysining Akakxel va Sipax tumanlarida terrorchilarning 5 ta boshpanasiga havodan hujum qilindi. Bir vaqtning o‘zida quruqlikdagi harbiy kuchlar tomonidan Bara tumaniga olib boruvchi barcha avtomagistrallar to‘sib qo‘yildi. Tez orada u yerda “Texrik-i-tolibon Pokiston” harakati va boshqa amaldagi terroristik guruhlar jangarilaridan tozalash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlanadi. Xuddi shunga o‘xshash operatsiya Shakas tumanida ham amalga oshirilmoqda. Harbiylarning ma’lum qilishicha, 15-iyundan boshlab Shimoliy Vaziristonda “Zarb-e- Azb” (“Halok qiluvchi zarba”) harbiy operatsiyasi davomida 1000 dan ortiq jangari qirib tashlandi. Hukumat harbiylaridan 83 kishi halok bo‘ldi, yana 296 kishi jarohatlandi. Mahalliy siyosiy ... Читать дальше »
Ko'rildi: 1204 | Qo'shdi: Maksimus | Sana: 17.10.2014 | Комментарии (0)

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari — Iordaniya shahzodasi Zayd Raad Zayd al- Husayn Ebola virusining tarqalishi va “Islom davlati” terroristik guruhi jangarilarining harakatini dunyoga xavf soluvchi ikkita “eng jiddiy tahdid” deb nomladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Shahzoda Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida nutq so‘zlar ekan, “mazkur ikki tahdid sezilmasdan paydo bo‘lganligi va unga yetarlicha baho bera olmagan jahon hamjamiyati tomonidan avvaliga rad etilganligi”ni qayd etdi. BMT Oliy komissarining so‘zlariga ko‘ra, genotsidni targ‘ib qiluvchi “Islom davlati” “hozirgi axborot asridagi inkor etish (nigilizm)ning yangi ko‘rinishi” hisoblanadi.
Ko'rildi: 936 | Qo'shdi: Maksimus | Sana: 17.10.2014 | Комментарии (0)

Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasidagi elektronika zavodining 400 dan ortiq ishchisi yo‘qolgan iPhone 5s smartfonining pulini qoplab berishdan rahbariyat bosh tortgani uchun o‘zini yoqib yuborgan hamkasblarini qo‘llab namoyishga chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”. Dungan shahrida joylashgan Yaponiyaning “Chjunsin Elektroniks” fabrikasida ishlaydigan 24 yoshli Szen Yunxuey ustidan benzin quyib, qo‘riqchilar va menejerlar ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, unga bir necha daqiqa davomida hech kim yordam bermagan. Voqea joyiga yetib kelgan sanitarlar jabrlanuvchini tez yordam mashinasiga olib chiqish uchun yordam so‘raganda ham rad javobini olgan. Bunday munosabatdan g‘azablangan ishchilar tartibsizliklar keltirib chiqargan. Tartibni saqlash uchun 150 dan ortiq politsiya xodimlari jalb etilishiga to‘g‘ri kelgan. Szenning so‘zlariga ko‘ra, uning smartfoni shaxsiy narsalar saqlanadigan shkafchadan o‘g‘irlangan. U qo‘riqchilarni mas’uliyatsizlkda ayblab, ish ... Читать дальше »
Ko'rildi: 862 | Qo'shdi: Maksimus | Sana: 17.10.2014 | Комментарии (0)

Profilga kirish
Qidiruv
Saytda
  • Sayt yaratish
  • Markaziy Blog
  • Ucozga xabar yuborish
  • FAQ sistemasi xaqida
  • UCoz xaqida
  • Kampaniyaning markaz bo'limi
  •               | | Musiqa Olami ||          
    | B.B.K Bank Koleji Talabalari  © 2024 | |